Biz haqimizdaAlicode IT Academy
Jizzax shahridagi ishonchli IT o'quv markazi. Professional ta'lim, tajribali mentorlar va real loyihalar bilan kelajagingizni yarating.




500+ o'quvchilar
bizga ishonishadi




Alicode IT Academy tarixi
Alicode IT Academy 2018 yilda Jizzax shahrida tashkil etilgan. Bizning maqsadimiz mahalliy yoshlarga sifatli IT ta'limini taqdim etish va ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish edi.
Bugungi kunda biz 500 dan ortiq o'quvchini o'qitdik, ulardan 200 dan ortig'i turli IT kompaniyalarida ishga joylashgan. Biz o'z faoliyatimizni kengaytirib, yangi yo'nalishlar va zamonaviy o'quv dasturlarini taklif qilmoqdamiz.
Bizning o'qituvchilarimiz - bu real loyihalarda ishlagan va sanoatda katta tajribaga ega mutaxassislar. Ular nafaqat bilim berishadi, balki o'quvchilarni karyera yo'lida qo'llab-quvvatlashadi.

Missiyamiz
Biz yuqori sifatli dasturlash ta'limi taqdim etamiz, shunda har bir shaxs muvaffaqiyatli IT karyerasini boshlash uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni egallaydi, jumladan MAANG/FAANG kabi yetakchi global texnologiya kompaniyalarida ishlash imkoniyatlariga ega bo'ladi.
- Yuqori sifatli kod yozish va dasturlash ko'nikmalari
- Global texnologiya kompaniyalarida ishlashga tayyorlash
- MAANG/FAANG kabi yetakchi kompaniyalarga kirish imkoniyatlari

Viziyamiz
O'zbekistondagi eng yaxshi IT ta'lim markazi bo'lish va minglab yoshlarni MAANG/FAANG kabi yetakchi global texnologiya kompaniyalarida ishlashga tayyorlash. Har bir bitiruvchimiz dunyoning istalgan joyida muvaffaqiyatli IT karyerasini qurishga qodir bo'lishi.
100K+
Bitiruvchilar
MAANG
Maqsad
Global
Karyera
100%
Halollik
Bizning qadriyatlarimiz
Biz ishongan va amal qiladigan asosiy tamoyillar

Sifatli ta'lim
Eng yuqori sifatdagi ta'lim dasturlari, tajribali mentorlar va zamonaviy o'quv materiallari bilan o'quvchilarimizga eng yaxshi bilim beramiz.

Natijaga yo'naltirilgan
Har bir o'quvchimiz real ko'nikmalar va ishga joylashish imkoniyati bilan bitiradi. Bizning maqsadimiz - aniq natija.

Amaliy loyihalar
Nazariya emas, amaliyot. Har bir mavzuni real loyihalar orqali o'rganamiz va portfolio yaratamiz.

Halollik
O'quvchilarimiz bilan ochiq va halol munosabat. Real kutishlar, to'g'ri ma'lumot va ishonchli hamkorlik.
Nima uchun bizni tanlashadi?
Alicode IT Academy afzalliklari

Asoschimiz
Alicode IT Academy asoschisi va rahbari

Alisher Musurmonov
Asoschi & CEO
Alisher Musurmonov
Asoschi & CEO
Lead Software Engineer (JavaScript, React, React Native, Node.js)
10+ yillik tajribaga ega professional dasturchi va IT ta'lim bo'yicha mutaxassis. Hozirda EPAM Systems kompaniyasida Senior Software Engineer lavozimida ishlaydi. IT ta'limiga bo'lgan ishtiyoq va Jizzax shahri yoshlariga sifatli ta'lim berish maqsadida Alicode IT Academy ni asos solgan.
"Shuhrat" medali
O'zbekiston Prezidentidan
EPAM Systems
Senior Software Engineer
NY Code + Design
Full-stack Development
Riga Tech University
Magistr darajasi

Biz bilan kelajagingizni yarating!
IT sohasida professional bo'lishni xohlaysizmi? Biz sizga yordam beramiz!